Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va Buxoro viloyat prokuraturasi hamkorligida Buxoro shahridagi Monomarkaz binosida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev, viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat idoralari rahbarlari hamda 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining vakillari ishtirok etdi. 

Dastlab uchrashuv qatnashchilariga Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Sh.Bahronov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Taʼkidlash joizki, ushbu qaror mazmunini keng targʻib qilish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 20-apreldan 20-mayga qadar “Zarbdor targʻibot oyligi” eʼlon qilinib, viloyatdagi 544 ta mahallalar, barcha korxona, tashkilot va idoralarda targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun viloyat adliya organlarining malakali xodimlari toʻliq safarbar etilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammolari eshitilib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, issiqxona faoliyati boʻyicha tabiiy gaz uchun toʻlovlar, ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarish va boshqa koʻplab masalalar yuzasidan murojaatlar tegishli tartibda qabul qilindi, ayrimlariga esa joyida huquqiy tushuntirish berildi.